18:51 / 27.04.2016
5403

Toshkent shahrida g‘aroyib YTH sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yuz bergan g‘aroyib YTHning videosi paydo bo‘ldi. Unda "Neksiya" avtomobili qoida buzgan holda yo‘lning qarama-qarshi qismida harakatlanmoqchi bo‘ladi. Biroq uning qarshisida paydo bo‘lgan "Captiva" qoidabuzarni "to‘g‘ri tushunish"ni istamay, undan yo‘lni bo‘shatishni talab qiladi. 

Albatta, bu serqatnov ko‘chalarda sodir bo‘lgan kichik YTHdan biri, xolos. Biroq aynan shu kabi kichik qoidabuzarliklar yomon oqibatlarga sabab bo‘lmoqda. Shunday ekan, haydovchilardan qoidabuzarlikning kichigi bo‘lmasligini unutmaslikni so‘rab qolamiz. 

Top