14:45 / 27.04.2016
2252

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari DreamJob School loyihasida ishtirok etmoqda

Toshkent shahridagi Inha universiteti va DaVinci Solutions konsalting kompaniyasi eksklyuziv loyihani ishga tushirdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

DreamJob School talabalar uchun noyob platforma bo‘lib, ishtirokchilar unda kareralarini rejalashtirishdan to ishga kirgunga qadar bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

DaVinci Solutions direktori Anna Yefimovaning so‘zlariga ko‘ra, DreamJob School talabalarni real muhitda ishlash uchun tayyorlashga qaratilgan noyob loyihadir. Ko‘plab talabalar universitetni bitirgach, nima qilishni va qanday qilib o‘zlarini kompaniyalarga “sotishni” bilmaydilar. Loyiha davomida talabalar ish izlash, intervyudan o‘tish, rezyume yozish, faoliyatlarini rejalashtirish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlarini oshiradilar, dedi u.

Ushbu loyiha to‘rtta sessiyadan tashkil topgan. Har bir sessiya uch soat davom etadi. Birinchi sessiya “Orzuga yo‘l” deb nomlandi.

Ushbu loyiha Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun bepul bo‘lib, konsalting, HR va tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi DaVinci Solutions kompaniyasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Top