21:00 / 28.04.2016
10355

Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejida ikkita elektron o‘qitish xonasi foydalanishga topshirildi

“LUKOYL” OAJ ko‘magida Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejida ikkita elektron o‘qitish xonalari ochildi.

O‘quv xonalarining ochilish marosimida Buxoro shahri hokimi Valijon O‘rinov, «LUKOYL» OAJ tashkiliy tuzilmani rivojlantirish va xodimlarni boshqarish Departamenti boshlig‘i Yuriy Pixtovnikov, Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji direktori Malikjon Murodov, hamda «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» MChJ, «O‘zbekneftgaz» MXK va boshqa hamkor tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.

«LUKOYL» OAJning tashkiliy tuzilmani rivojlantirish va xodimlarni boshqarish Departamenti boshlig‘i Yuriy Pixtovnikovning so‘zlariga ko‘ra, Buxoro kolleji 2018 yilda ishga tushirilishi kutilayotgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasida ishlash uchun xodimlarni tayyorlab berishda muhim ahamiyat kasb etadigan o‘quv dargoxlaridan biri sifatida e'tirof etiladi.

O‘quv xonalarining ochilishi bilan bir qatorda Qandim majmuasida faoliyat olib boruvchi «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» xodimlari va Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji talabalarini o‘qitish kurslari boshlandi.

Top