22:39 / 28.04.2016
2356

Dele Alli futbolga xos bo‘lmagan harakati uchun 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

"Tottenhem" jamoasi yarimhimoyachisi Dele Alli Angliya chempionatining 3 o‘yinidan diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Angliya futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Bunga futbolchining APL 35-turida "Vest Bromvich"ga qarshi o‘yin vaqtida raqib futbolchisi Klaudio Yakobning bel qismiga to‘psiz holda zarba bergani sabab bo‘ldi. Bu vaziyatda o‘yin hakami to‘p harakatlanayotgan hududga e'tiborini qaratgani uchun Allining harakatlarini payqamagan. Ammo bu holat kameralarga muhrlangan.

Futbolchi bu vaziyatda o‘z aybiga iqror bo‘lgan ammo bu uning jazoda qutilib qolishiga olib kelmagan.

Endilikda, biroz oldinroq mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgan bu futbolchi jamoasi mavsumning qolgan qismida, chempionlik masalasi hal bo‘ladigan o‘yinlarda yordam bera olmaydi.

Top