14:43 / 28.04.2016
1496

Manuel Pellegrini «PSJ»ni boshqarishi mumkin

Angliyaning «Manchester Siti» klubi amaldagi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Fransiyaning «PSJ» klubi qiziqishlari doirasida turibdi.

Parij klubi 62 yoshli chililik mutaxassisni Loran Blanni iste'foga chiqargan taqdirda jamoaga taklif etishni rejalashtirib qo‘ygan, deya xabar beradi As gazetasining Chilidagi tahririyatida.

Manba bergan xabarga ko‘ra, «PSJ»da jamoaning YeChL 1/4 finalida aynan «Manchester Siti»dan uchralgan mag‘lubiyatidan keyin amaldagi murabbiyning faoliyatidan norozi bo‘lganlar soni ko‘pchilikni tashkil qilmoqda.

Mavsum yakuniga yetgach, Pellegrini «Siti»ni tark etadi, uning o‘rniga jamoani Xosep Gvardiola boshqaradi. Hozirda chililik mutaxassisga Rossiyaning «Zenit» klubi ham qiziqish bildirgan.

Ma'lumot uchun, «PSJ»ning amaldagi bosh murabbiyi Loran Blan fevral oyida parijliklar bilan amaldagi shartnomasini yana ikki yilga uzaytirgandi.

Top