10:53 / 28.04.2016
1358

Meksika shimolida jinoyatchilar dengiz piyodalariga hujum qilishdi

Meksika shimolidagi Tamaulipas shtatida otishma sodir bo‘ldi. Reynos munitsipaliteti ma'muriyati xabariga ko‘ra, Vale-Alto tumanida bir necha avtomobildagi qurollangan shaxslar dengiz piyoda qismlariga o‘t ochishgan.

"Harbiylar bu hujumga javoban o‘q uza boshlashgan va 2 jinoyatchi yo‘q qilingan", deya ma'lum qilingan xabarda.

Ko‘p o‘tmasdan, hujumda ishtirok etgan 3 kishi qo‘lga olingan, ulardan o‘tochar qurollar musodara qilingan.

Mart oyida Reynosda jinoyatchilik ko‘lami kengayib, politsiyachilar bilan qurolli to‘qnashuvlar davomida 10dan ortiq jinoyatchi nobud bo‘lgan. Hududdagi huquq-tartibot organlariga yordam sifatida qo‘shimcha 900 nafar harbiy xizmatchi yo‘llangan. Mart oyi oxirida Las-Yyeskas tumanida politsiyachilar va jinoiy guruh o‘rtasidagi to‘qnashuv oqibatida 8 jinoyatchi o‘ldirilgan.

Bahorning ilk kunlarida hukumat narkotiklar kontrabandasiga qarshi keng ko‘lamli amaliyotlar o‘tkazishni boshladi. Xususan, Nuevo-Leon, Tamaulipas, San-Luis-Potosi va Koauila shtatlarida jinoiy guruhlarga qarshi kurash maqsadida qo‘shimcha 3000 kishi jalb etildi.

Top