18:08 / 28.04.2016
1613

«PSJ» Busketsni dunyoning qimmat futbolchisiga aylantirmoqchi

Fransiyaning «PSJ» klubi Kataloniyaning «Barselona» jamoasi yarimhmoyachisi Serxio Busketsga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Marca.

Manba bergan xabarga ko‘ra, parijliklar klubi Ispaniya terma jamoasi a'zosiga 100 mln yevro to‘lashga tayyor bo‘lib turibdi. Futbolchining o‘zi uchun esa yiliga 16 mln maosh berilishi rejalashtirilgan. «PSJ» vakillari shuningdek, Busketsdan «Barselona» bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish niyati bor-yo‘qligi haqida ham ma'lumot berishini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buskets shartnomasini uzaytirish bo‘yicha mzokaralarning berk ko‘chaga kirib qolganidan sabri tugayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Busketsning Ispaniya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar mo‘ljallangan.

Top