18:28 / 28.04.2016
1674

Suriya TIV: AQShning Rumeylanga 150 nafar harbiy tashlashi ochiqdan-ochiq agressiya

Suriya Tashqi ishlar vazirligi AQShning mamlakat shimoli-sharqidagi Rumeylan shahriga 150 nafar harbiysini joylashtirishiga norozilik bildirdi.

"Damashq bu harakatni Suriya hukumati bilan kelishilgan holda amalga oshirilmagan agressiya deb biladi. Bu Suriyaning ichki ishlariga o‘zboshimchalik bilan aralashishdir", deyiladi TIV bayonotida.

"Biz bu ochiq qadamni Suriyaning milliy suverenitetiga ochiqdan-ochiq tajovuz qilish deb hisoblaymiz", deya hujjatdan iqtibos keltiradi SANA agentligi.

Top