19:17 / 28.04.2016
1574

UYeFA «Liverpul»ning doping-testdan o‘ta olmagan futbolchisini 30 kunga diskvalifikatsiya qildi

UYeFA «Liverpul»ning doping-testdan o‘ta olmagan fransiyalik himoyachisi Mamadu Sakoni 30 kunga diskvalifikatsiya qildi.

U «Manchester Yunayted»ga qarshi (1:1) Yevropa Ligasi nimchorak final javob o‘yinidan so‘ng doping bilan qo‘lga tushgandi. Sako badandagi yog‘larni eritadigan moddalar qabul qilganligi taxmin qilinmoqda.

26 yoshli futbolchi ikkinchi doping-test natijalarini e'lon qilinishidan bosh tortdi va dastlabki doping-test natijalariga e'tiroz bildirmadi.

Tekshiruvlar davom etmoqda, hozircha futbolchi 30 kun davomida o‘yinlarda maydonga tusha olmaydi. Bu boradagi yakuniy hukm keyinroq eshittiriladi.

Qayd etish joiz, Mamadu Sako «Nyukasl»ga qarshi Angliya chempionati 35-turida jamoaning qaydnomasiga kiritilmadi. Fransiyalik himoyachisiz o‘tgan o‘yinda «Liverpul» o‘z maydonida «Nyukasl» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Agar futbolchining aybi isbotlansa u terma jamoasi safida Yevropa chempionatida ham ishtirok eta olmasligi mumkin.

Top