07:08 / 29.04.2016
1691

AQShda panda kiyimidagi erkak telekompaniya ofisini portlatish bilan tahdid qildi

AQShda panda kiyimi, tibbiyot niqobi va qora ko‘zoynakda bo‘lgan erkak Baltimor shahrida (Merilend shtati) joylashgan Fox45 telekompaniyasi ofisini portlatish bilan tahdid qildi.

Telekompaniya rejissyori Mayk Tomkoning aytishicha, antiqa kiyinib olgan noma'lum erkak telekompaniya ofisiga kelib, fleshkadagi o‘zining videomateriallarini efirda qo‘yishni talab qilgan. Erkakka rad javob berilganda, u o‘z bilan olib kelgan portlovchi qurilmani portlatish blian tahdid qila boshlagan.

Ofisdagi barcha ishchilar binodan chiqarilgan va politsiya chaqirtirilgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar yon-atrofdagi ko‘chalarni to‘sib, telekompaniya ofisini o‘rab olishgan va erkakni qo‘lga olishgan. Fox News telekanali muxbirlarining ma'lum qilishicha, buning uchun politsiya qurol ishlatishiga to‘g‘ri kelgan. Erkakda portlovchi modda bo‘lgan-bo‘lmagani hozircha noma'lum.

Shuningdek, telekompaniya avtoturargohida erkakning avtomobili yonib ketgan, biroq u o‘t o‘chiruvchilar tomonidan tezda o‘chirilgan. Qayd etilishicha, avtomobil erkak binoga kirishidan oldin yonib ketgan.

Top