12:27 / 29.04.2016
2594

Moskva Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi oqibatlaridan ogohlantirdi

Rossiya yangi avlod raketalarini ishlab chiqish bo‘yicha harakatlarini yakunlash arafasida turibdi. Ushbu raketalar NATO raketalarga qarshi mudofaa tizimlariga bemalol bardosh bera oladi. Agar Shvetsiya ittifoqqa qo‘shilsa, yangi qurol vositasi Rossiyaning shimoliy chegaralariga joylashtiriladi. Bu haqda Federatsiya Qo‘mitasining mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha raisi o‘rinbosari Yevgeniy Serebrennikovga asoslanib, RIA Novosti agentligi ma'lum qilgan.

Serebrennikovning so‘zlariga ko‘ra, nafaqat harbiy-texnik choralar ko‘riladi, balki harbiylar soni ham ko‘paytiriladi.

“Agar Shvetsiya NATOga qo‘shilsa, Rossiya shimoliy va shimoli-g‘arbiy chegaralarida, jumladan, Shimoliy flotda ham Qurolli kuchlari sonini oshiradi”, deb ogohlantirdi senator.

"Ushbu choralar nafaqat Stokgolmning harbiy-siyosiy blok tarkibiga kirishi ehtimoliga, balki ittifoqning Rossiya chegaralari yaqinida xizmat doirasini kengaytirishga urinishiga nisbatan beriladigan muqarrar javobdir. “Shvetsiya ham, NATO ham xulosa qilishlari lozim", deya qo‘shimcha qiladi Serebrennikov.

28 aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Shvetsiyaning Dagens Nyheter gazetasiga bergan intervyusida Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi ehtimoliga javoban Moskva shimoliy chegaralarda harbiy-texnik choralar ko‘rishini ma'lum qilgandi.

Top