16:12 / 29.04.2016
1834

Norvegiya qirg‘oqlari yaqinida ichida 14 kishi bo‘lgan vertolyot qulab tushdi

Norvegiya qirg‘oqlari yaqinida neft platformasiga odamlarni olib ketayotgan vertolyot qulab tushgan. Bu haqda TV2 xabar tarqatgan.

Guvohlarning ma'lumotiga ko‘ra, bu Shimoliy dengiz hududidagi neft havzasiga odatiy ravishda tashuv parvozini amalga oshirayotgan vertolyot bo‘lgan. Hodisa Norvegiyaning kattaligi jihatidan ikkinchi shahri Bergen shahriga yaqin masofada sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, bu vertolyot orollardan biri ustidan o‘tayotgan vaqtda halokatga uchragan va yerga qulab, portlab ketgan.

Uning bortida 14 kishi bo‘lgan.

Norveg politsiyasining tvitterida hodisa yuz bergan hududga qutqaruvchi guruhlar jo‘natilgan.

Top