08:44 / 29.04.2016
5956

Rossiya va Polsha suv osti kemalari to‘qnashib ketgani ma'lum bo‘ldi

OAVda Boltiq dengizida Rossiya va Polsha suv osti kemalarining to‘qnashib ketgani ma'lum qilindi. Pillaus yarimoroli sohillari yaqinida Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining "Krasnodar" suv osti kemasi Polshaning Orzeł ("Ojyel") suv osti kemasiga urilib ketgan.

Ushbu voqea bir necha kun avval sodir bo‘lgan. Asosiy ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiya suv osti kemasi jiddiy shikastlar olmagan va harbiy-dengiz bazasiga mustaqil ravishda qayta olgan. Polsha suv osti kemasi esa to‘qnashuvdan keyin suv ustiga chiqishiga to‘g‘ri kelgan va u voqea joyidan shatakka olinib olib ketilgan.

Varshava OAV esa buning aksini aytmoqda, aynan rus suv osti kemasiga yordam kerak bo‘lgan.

"Krasnodar" suv osti kemasi 2015 yil noyabrda flot tarkibiga kiritilgan va Rossiya mudofaa vazirligining bu turdagi 4-submarinasi bo‘lgan. Submarina yangilangan inertsial navigatsion majmua, eng yangi turdagi harbiy axborot-boshqaruv tizimi va xorijga sotilmaydigan qurol-aslaha bilan jihozlangan. Shu bilan birga kema noyob akustik maxfiylik ko‘rsatkichlarini saqlab qolgan va shu sababli amerikaliklar bunday kemalarni "qora tuynuklar" deb ataydilar.

"Ojyel" suv osti kemasi esa Polshaga sovet zamonlaridan qolgan yagona suv osti kemasi bo‘lib, uning qurollanishida 533 mm kalibrli 6 ta torpedo qurilmasi, 18 tagacha torpedo yoki 28 ta mina bor. Polsha harbiy-dengiz kuchlari ixtiyoridagi qolgan 4 ta submarina Britaniyadan qolgan.

Eslatib o‘tamiz, 18 aprelda Latviya qurolli kuchlari Rossiya kemalari va suv osti kemasini o‘z chegaralari yaqinida ko‘rishganini ma'lum qilishgan. Latviya tomoni ma'lumotlariga ko‘ra, Latviya chegaralari oldida nafaqat Rossiya harbiy kemalari, balki samolyotlari ham 2015 yilda 270 marta ko‘rinish bergan. Rossiya mudofaa vazirligi Boltiqbo‘yidagi hamkasblarining e'tirozlariga "Rossiya harbiy-koinot kuchlarining barcha parvozlari va kemalarning harakatlanishi xalqaro huquq me'yorlariga qat'iy rioya qilingan holda amalga oshirilishi" bilan javob berib keladilar.

Top