18:07 / 29.04.2016
2228

Shotlandiya Qirollik banki o‘tgan yilgidan ikki barobar ko‘p ziyon ko‘rdi

Shotlandiya Qirollik banki (Royal Bank of Scotland, RBS) 2016 yil birinchi choragida ko‘rgan ziyoni 968 million yevroni (1,41 milliard dollar) tashkil etdi.

The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda deyarli ikki barobarga ko‘p.

RBS bu ziyonni bank Buyuk Britaniya hukumatiga 1,2 milliard yevro to‘lagani bilan izohladi. Bu esa bankka oddiy aksiyalar bo‘yicha dividentlar to‘lovini qayta yo‘lga qo‘yish huquqini beradi. Biroq bank qachondan boshlab ushbu dividentlarni to‘lay boshlashi noma'lumligicha qolmoqda.

Top