16:50 / 29.04.2016
2337

Xitoy Suriyaning urushdan keyingi tiklanishida qatnashishga tayyor

Xitoy Suriyaning urushdan keyin o‘zini tiklash ishlarida ishtirok etishga va barcha manfaatdor mamlakatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda Xitoyning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Se Syaoyan ma'lum qildi.

“Besh yillik urush Suriya iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalariga jiddiy ziyon yetkazdi. Qayta tiklanish uchun katta kuch, mablag‘ va ko‘p vaqt talab etiladi. Bu jarayonda xalqaro hamjamiyat faol ishtirok etishi va Suriya davlatiga ko‘mak berishi muhim ahamiyatga ega. Xitoy Suriyani qayta tiklash masalasida konstruktiv yondashmoqda va barcha ishtirokchi davlatlar bilan hamkorlikka tayyor”, - dedi Seo Syaoyan.

Suriyada 2011 yildan buyon qurolli nizolar davom etmoqda. BMT ma'lumoti bo‘yicha, nizolar natijasida 220 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Top