17:19 / 29.04.2016
7049

Yaqin besh yillikda insoniyatga xavf soluvchi xatarlar ma'lum bo‘ldi

Oksford universiteti (Buyuk Britaniya) olimlari “Global halokatlar xatari” hisobotini tayyorlashdi. Unda yaqin kelajakda insoniyatning eng kamida 10 foizini yo‘q qilib yuboradigan xatarlar tilga olingan. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

Hisobotda keltirilishicha, kelayotgan besh yillikda inson qo‘lida bo‘lmagan xavf-xatarlar, ya'ni Yerga biror-bir astroyedning kelib urilishi yoki supervulqonning otilishi sodir bo‘ladi.

Uzoq kelajakda sayyoramiz aholisiga xavf solayotgan ofatlarga epedimiya, yadro urushi, iqlimning keskin o‘zgarishi, shuningdek, sun'iy aql va robotlar kiradi. Bu fojialarning barchasi bevosita inson bilan bog‘liq.

Shuningdek, hisobotda keltirilishicha, terrorchilik guruhlari, masalan, IShID sintetik biologiya yordamida zaxarlovchi viruslar tarqatishi mumkin.

Olimlarning fikricha, dunyo davlatlarining aksariyati, ushbu halokatlarning oldini olishga tayyor emas.

Top