12:33 / 29.04.2016
3996

Yo‘l qurilishi sabab Toshkentdagi ayrim ko‘chalar berkitildi

Yo‘l qurilishi ishlari sabab Toshkentdagi ayrim ko‘chalar berkitildi.

Ayni damda Cho‘ponota va Oqtepa maydoniga eltuvchi yo‘l berkitilgan. U yerda bir necha kun oldin boshlangan 9-tramvay yo‘nalishining demontaj ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi va “Oybek” metrosi oralig‘idagi yo‘l ham yopiq. Quruvchilarning aytishicha, bu yo‘lda asfalt yotqizish ishi olib borilmoqda.

13-tramvay yo‘lida ham asfalt yotqizish ishlari davom etayotgani sabab, Yashil bozordan Sarikulgacha bo‘lgan ko‘cha berkitilgan.

Mustaqillik shoh ko‘chasida ham harakatlar cheklangan.

Amir Temur ko‘chasining “Oloy” bozori tarafidan to sobiq “Qozog‘iston” kinteatriga qadar bo‘lgan yo‘lda ham asfalt yotqizish ishlari bo‘lib o‘tgan edi. Amir Temur ko‘chasining boshqa qismlarida ham qurilish ishlari davom etmoqda.

Top