14:51 / 30.04.2016
2436

OAV: himoya yostiqchalaridagi nosozlik sabab Takata 40 million avtomobilini chaqirib olishi mumkin

Yaponiyaning Takata firmasi xavfsizlik yostiqchalaridagi nosozlik tufayli chaqirib oladigan avtomobillarining umumiy soni 100 mln. ga yetdi. Kiodo axborot agentligi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, yaqin kelajakda AQSh transport hukumati ham shu yo‘lni tutishi mumkin.


Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, ayni damda xavfsizlik yostiqchalari bilan bog‘liq nosozlik tufayli 60 mln. avtomobil chaqirib olingan. Ushbu dasturning kengaytirilishi natijasida qiymat hajmi 1 trln iyenga (9,3 mlrd dollar atrofida) bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Mazda Motor kompaniyasi aynan xavfsizlik yostiqchalaridagi nosozlik tufayli 2015 yilda 40,7 mlrd iyen (380,2 mln dollar) yo‘qotgan edi.

Top