08:06 / 01.05.2016
4221

Bangkokdagi ko‘ngilochar bog‘da tomosha g‘ildiragida o‘t chiqdi

Bangkokdagi "Dinozavrlar sayyorasi" ko‘ngilochar bog‘ida tomosha g‘ildiragida o‘t chiqdi, deb xabar bermoqda Bangkokpost nashri.

Olov atrraktsionning kabinalaridan birini qamrab oldi. Ta'kidlanishicha, kabinada bu vaqtda hech kim bo‘lmagan. O‘t o‘chirish brigadasi olovni 20 daqiqa ichida o‘chirgan. Noxush voqea sababli bir oy avvalgina ochilgan bog‘ni yopib qo‘yishga to‘g‘ri kelindi.

Voqea oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan. Ayni vaqtda yong‘in sabablari aniqlashtirilmoqda.

Top