16:46 / 01.05.2016
5169

«Lion» xo‘jayini «Monako»ga qarshi o‘yin oldidan «PSJ»ni mazax qildi

«Lion» jamoasi xo‘jayini Jan-Mishel Olyas «PSJ» jamoasi manziliga kinoyali fikr bildirdi. U bu jamoaning qatarlik investorlar qo‘lida ekaniga e'tibor qaratgan. Olyasning qayd etishicha, Fransiya chempionatining 37-turidagi «Lion» — «Monako» bahsi (7 may) chempionlik uchun bahs maqomida bo‘ladi. 

«Buni e'tirof etish yoqimli, bir haftadan keyin bizni mamlakat chempionligi uchun bahs kutmoqda. Chunki Qatar — Fransiyaning bir qismi emas», — deya Olyasdan iqtibos keltiradi 20 Minutes sayti. 

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» jamoasi ayni vaqtda Qatar qirolligi oilasi vakillariga tegishli hisoblanadi, jamoaning bosh homiysi esa Qatar Investment Authority.

«PSJ» 89 ochko to‘plab, muddatidan oldin chempionlik masalasini hal qilgan. «Lion» va «Monako» esa 62 ochkodan to‘plagan holda turnir jadvalining ikkinchi o‘rnida joylashib turibdi.

Mavzuga oid
Top