22:40 / 01.05.2016
6166

«Sauthempton»dan 4 gol o‘tkazgan «Manchester Siti» APLning 4-o‘rnida qoldi

APLning 36-turida «Sauthempton» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 28-daqiqasidayoq «avliyolar» (Mezbon jamoa laqabi - tahririyat) mehmonlar darvozasiga 2ta gol urib ulgurdi. Sheyn Long va Sadio Manening aniq zarbalari mezbonlarning ustunligini ta'minladi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida mehmonlarning yosh hujumchisi Kelechi Ixeanacho bitta javob golini urdi.

Lekin ikkinchi bo‘limda Mane yana 2 gol urib, xet-trikni rasmiylashtirdi. Ixenacho esa yana bir gol urib,«shaharliklar»ni 1:4 hisobidagi yirik mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

«Sauthempton» jamoasi endilikda 57 ochko to‘plab, turnir jadvalida 7-pog‘onaga ko‘tarildi va Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda. YeChLning yarim finalida «Real»ga qarshi javob o‘yini tufayli tarkibda rotatsiyalara amalga oshirgan «Manchester Siti» esa 64 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qolmoqda.

Angliya - Premer-liga. 36-tur
Sauthempton (Sauthempton) – Manchester Siti (Manchester) – 4:2
Gollar: Long, 25 (1:0); Mane, 28 (2:0); Ixeanacho, 44 (2:1); Mane, 57 (3:1); Mane, 68 (4:1); Ixeanacho, 78 (4:2).

Sauthempton – Forster, Martina, Fonte, van Deyk, Bertran, Vanyama, Klasi (Romeu, 59), Mane, Devis (Uord-Prouz, 73), Tadich (Rodriges, 87), Long.
Manchester Siti – Xart, Sabaleta, Otamendi, Mangalya, Kolarov, Nasri, Fernandino (Demichelis, 60), Delf (Navas, 64), Sterling, Ixeanacho, Boni.

Ogohlantirishlar: Klasi, 30; Tadich, 54 – Fernandino, 20.

Mavzuga oid
Top