21:24 / 01.05.2016
3915

Van Gaal: «Manchester Yunayted» mavsumdagi eng yaxshi o‘yinini namoyish qildi

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal APLning 36-turida «Lester»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobidagi durang hisob bilan yakunlangan o‘yindan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O‘ylaymanki, bugun biz mavsumdagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini yoki eng yaxshisini o‘tkazdik. Lekin g‘alaba golini ursak yanayam yaxshiroq bo‘lardi. Albatta, qachonki ketma-ket g‘alabalarga erishmasang, turnirni kuchli to‘rtlikda yakunlash qiyin ish. Lekin bu turda «Manchester Siti» o‘z o‘yinini «Sauthempton»ga qarshi safarda o‘tkazadi va bizda kuchli to‘rtlikka kirish uchun imkoniyat saqlanib qolmoqda. 

«Lester» APL chempioni bo‘lishga haqli o‘yinlar namoyish qildi, ammo hali «Tottenhem»da ham omadga erishish uchun imkoniyatlar saqlanib qolingan. Bu jamoa «MYu»ga qarshi o‘yinlarda hammadan ko‘p ochko jamg‘ardi. 

Bugungi o‘yin hakam uchun og‘ir kechdi, Xut va Fellayni o‘rtasida nima bo‘ldi? Bu penalti emasmidi? Sochlaringi og‘ritib tortishganda albatta norozi bo‘lasanda», — deya van Gaalning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

Mavzuga oid
Top