10:15 / 02.05.2016
2569

«Inter» «Latsio»ga mag‘lub bo‘lib YeChLdan umidini uzdi, turnirda  «Yuventus», «Napoli» va «Roma» o‘ynaydi

Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 36-turida «Latsio» «Inter»ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu o‘yingacha Milanning «Inter» klubida kelasi mavsumni Yevropa Chempionlar Ligasida o‘tkazish uchun nazariy jihatdan imkoniyat saqlanib qolgandi. Rimda «Latsio»dan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan keyin bu imkoniyat yo‘qqa chiqdi. Milanliklar uchinchi o‘rindagi rimliklardan 7 ochkoga ortda qoldi va keyingi 2 turda bu jamoaga yeta olmaydi.

Endi keyingi mavsumda Yevropa Chempionlar Ligasida Italiya sharafini «Yuventus» (36 turda 88 ochko), «Napoli» (35 turda 73 ochko) va «Roma» (35 turda 71 ochko) klublari himoya qiladi.

«Inter» esa kelasi ikki turda qanday natija qayd etishiga qaramay, Yevropa Ligasida to‘p suradi.

Milan klubini mag‘lub etgan «Latsio» nazariy jihatdan Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘lishi mumkin. Rim klubi hisobida 51 ochko bor bo‘lib, jamoa oltinchi o‘rinda borayotgan «Sassuolo»dan 4 ochkoga ortda qolmoqda. 

Turning 2 may kunga belgilangan uchrashuvlarida «Jyenoa» «Roma»ni qabul qiladi, «Napoli» «Atalanta»ga qarshi o‘ynaydi.

Latsio – Inter 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 8 Kloze, 2:0 – 84, penalti Kandreva.
Latsio – Marketti, Basta, Bishevats, Xentiletti, Konko, Onazi, Bigliya (Kataldi, 90), Lulich, Kandreva (Milinkovich-Savich, 89), Kloze (Mauri, 73), Keyta.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, Miranda, Murilo, Nagatomo (Palasio, 79), Medel (Biabiani, 56), Kondogbia, Brozovich, Yovetich (Eder, 72), Perishich, Ikardi.
Ogohlantirishlar: Xentiletti (12), Keyta (52), Kloze (64), Lulich (68), Murilo (81), Kandreva (85).
Chetlatish: Murilo (83).

A Seriya: «Milan» «Frozinone»ga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatdan qutilib qoldi va boshqa natijalar

Mavzuga oid
Top