16:21 / 02.05.2016
18641

Ramzon Qodirov jiyanining dabdabali to‘y marosimidan "reportaj uyushtirdi"

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov o‘z instagram sahifasida katta akasi Zelimxonning o‘g‘li uylanish marosimida olingan videorolikni joylashtirdi. 

“Imona Magomadova bizning muhtaram kelinimiz bo‘ldi. Quvonchimizni biz bilan baham ko‘rish uchun mening aziz birodarlarim, Shimoliy Kavkaz mintaqa rahbarlari, federal idoralar raislari, Rossiya va davlatlardan mehmonlar tashrif buyurishdi. Shuningdek, Shimoliy Kavkaz masalalari bo‘yicha vazir Lev Kuznetsov keldi. 

To‘y chechen xalqi an'analariga munosib tarzda tashkillashtirilgan. Istak bildirgan har bir inson to‘yga tashrif buyurishi, aziz mehmonimiz bo‘lishi mumkin. 

Ma'lumki, chechenlar to‘y kunida ot poygalari o‘tkazishgan. Tsentaroyning chekka hududlarida beshta poyga yo‘laklari tashkil etildi. Checheniston va Shimoliy Kavkazning barcha tumanlaridan 200dan ortiq tulpor bellashdi. 

Bir paytning o‘zida milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar ham bo‘lib o‘tdi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar, avtomashinalar bilan taqdirlandi. To‘kin dasturxonlar tuzaldi. Qizg‘in lezginka raqslari ijro etildi. Taxminiy hisob-kitobga ko‘ra, tantanali marosimda 2 ming kishi ishtirok etgan”, - ma'lum qildi Ramzon Qodirov.

Top