17:39 / 03.05.2016
4601

«PSJ» sport direktori «Lester» futbolchisi Kante bilan transfer masalasi bo‘yicha gaplashib oldi

Fransiyaning «PSJ» klubi Angliyaning endilikda amaldagi chempioni «Lester» futbolchisi N‘golo Kanteni yozgi transferlar oynasi paytida sotib olishni rejalashtirmoqda.

L’Equipe nashri bergan xabarga ko‘ra, Parij klubi 25 yoshli fransuz yarimhimoyachisi uchun kurashda yetakchilik qilmoqda.

Frantsuz jamoasi sport direktori Olive Letang bir necha marotaba Kante bilan uchrashgan va amalga oshishi mumkin bo‘lgan transfer borasida gaplashib olishgan.

Kantega «PSJ»dan tashqari Angliyaning «Arsenal», «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» jamoalari ham qiziqish bildirishmoqda.

Mavzuga oid
Top