22:51 / 03.05.2016
20465

Samsung egiluvchan smartfonlar ishlab chiqarilishini keyingi yilga qoldirmoqda

Samsung bir necha yildan beri o‘z fanatlariga egiluvchan smartfonlarni ishlab chiqarishga va'da berib keladi, biroq Galaxy Edge seriyasidagi qurilmalarda qo‘llanadigan cheti egilgan displeylardan u yog‘iga o‘ta olmadi. O‘tgan yil boshida Samsung egiluvchan qurilmalar 2016 yil boshida paydo bo‘lishi haqida hujjatni chop etgandi. Ishlab chiqaruvchining rejalari navbatdagi marta o‘zgargan ko‘rinadi. ETNews nashri o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda bunday qurilmalar ishlab chiqarilishi keyingi  yilga qoldirilganini ma'lum qildi. 

"Egiluvchan OLED-displeyning yaratilishi bizning rejalarga ko‘ra bormoqda. Biz hozir ommaviy ishlab chiqarish bosqichida turibmiz va buni hamkorlarimiz bilan muhokama qilmoqdamiz", deb avvalroq aytdi Samsung Display xodimi Li Chang-xun.

Gaplarga qaraganda, Samsung’ning egiluvchan displeyli smartfoni Project Valley degan kod nomi olgan. Afsuski, kompaniya bunday shakldagi qurilma foydalanuvchilarga qanday imkoniyatlar berishini ma'lum qilmayapti.

Mavzuga oid
Top