14:02 / 03.05.2016
3169

"O‘zavtoyo‘l" AJ birinchi chorakda 229,6 mlrd so‘m o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ldi

"O‘zavtoyo‘l" aksionerlik jamiyati 2016 yilning birinchi choragida 229,6 mlrd so‘mlik yo‘l qurilishi, kapital va joriy ta'mirlash ishlarini amalga oshirgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga taqqoslaganda 19,6 foizga ko‘p demakdir. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilning birinchi choragida umumiy foydalanishdagi 10 kilometrlik avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilindi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,3 foizga ko‘p hisoblanadi. 

"O‘zavtoyo‘l"ning yo‘l qurilishi korxonalari xalqaro va davlat ahamiyatiga ega, shuningdek mahalliy yo‘llarda 16,6 mlrd so‘mlik kapital ta'mirlash ishlarini o‘tkazgan, deb xabar qiladi uzdaily.uz.

Umumiy foydalanishdagi 6 km yo‘l ta'mirlangan. 

O‘zbek milliy magistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yo‘llarida joriy ta'mirlash va ulardan foydalanish uzilishlarsiz ta'minlandi. Bu borada birinchi chorakda 161,5 mlrd so‘m o‘zlashtirilgan.

Top