11:18 / 04.05.2016
14367

4 may sanasi muhim voqealari

4 may—joriy taqvim bo‘yicha 2016 yilning 124-kuni.

VOQeALAR:

2010 yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Jahon bojxona tashkiloti Bosh Kotibi Kunio Mikuriyani qabul qildi.

1996 yil. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi tashkil topdi.

1715 yil. Parijda ilk yig‘ma soyabonlar ishlab chiqarila boshlandi. 

1878 yil. Tomas Edison dastlabki fonografni ommaga namoyish etdi. 

1896  yil. Peterburgdagi Akvarium bog‘ida Rossiyadagi ilk kinoseanslar boshlandi. 

1904 yil. Angliyada Genri Roys va Charlz Rolls hamkorligidagi “Rolls-Roys” mashinalarining birinchi avlodi ishlab chiqarildi.  

1924  yil. Parijda VIII Olimpiya o‘yinlari boshlandi.

TAVALLUDLAR:  

    
1655 yil—italyan musiqa ustasi, fortepiano asoschisi Bartolomeo Kristofori, 

1899 yil—nemis avtosanoatchisi, “Opel” kompaniyasiga tamal toshini qo‘ygan Frits fon Opel, 

1929 yil— britaniyalik taniqli aktrisa Odri Xepbyorn (asl ismi Odri Ketlin Xepbyorn-Raston),

1971 yil—Rossiya milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiy,

1987 yil—ispaniyalik futbolchi, “Chelsi” klubi a'zosi Fransesk Fabregas.

Top