16:32 / 04.05.2016
6767

Amerikalik politsiyachi o‘ziga "yangi sherik" topdi

Mitti mushukcha janubiy karolinalik politsiyachi Kodi Garrettning yangi sherigi bo‘ldi. 

28 yoshli Garrettning so‘zlariga ko‘ra, unga chiqindi idishi ostida kichik jonivorning ovozi kelayotganini xabar qilishgan, deb xabar beradi BuzzFeed.

Bu kichkinagina mushukcha ekani ma'lum bo‘lgan. Tartib posbonlari uni mahkamaga olib kelishdi. Keyin mushukchani qayerga olib borishni bilmay turishganda Garrett uni boqib olish tashabbusini bildirdi. 

Politsiyachining uyida to‘rtta bolali boshqa mushuk ham bor. Ko‘ngli keng yigit umid qilganidek, mushuk "xumpar"ni o‘z bolasidek qabul qildi.

 

Top