16:22 / 04.05.2016
3654

Google foydalanuvchilar ko‘ziga kompyuter o‘rnatmoqchi

Google korporatsiyasi foydalanuvchining ko‘ziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri implantant qilinuvchi linza-kompyuterga patent chiqardi. 

Patentda optik kuch bilan sozlanuvchi linza haqida gap boradi. Qurilma "energiya to‘plovchi antenna"dan oziqlanadi, uni ko‘z gavhariga o‘rnatishga to‘g‘ri keladi.

Linza GPS, LTE va NFC signallarini uzatishi mumkin va ko‘rish bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan kishilarga yordam beradi. 

Bundan avval Samsung kompaniyasi foydalanuvchining ko‘z kosasi oldida displey va kamerani joylashtiruvchi kontakt linzalar ishlab chiqarmoqchiligi to‘g‘risida ma'lum qilgandi.

Top