18:30 / 04.05.2016
8052

TATUda dasturiy va texnik ishlanmalar ko‘rgazmasi nihoyasiga yetdi

2016 yilning 3 may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “2016 yilda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar” Dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida, “Kompyuter injiniringi” va “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetlarining iqtidorli talabalari, magistrlari va yosh professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy va texnik ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada “Kompyuter injiniringi” va “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetlarining iqtidorli talabalari, magistrlari va yosh professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan 200dan ortiq dasturiy va texnik ishlanmalar namoyish etildi. Shuningdek, 33ta axborot tizimlari ishlanmalari, 11ta veb-sayt, 55ta dasturiy ishlanma, 20ta apparat ishlanmalar, 44ta texnik ishlanma, 21ta kompyuter o‘yin dasturlari va 19ta mobil ilovalardan iborat ishlanmalar namoyish etildi.

Ko‘rgazma yakunida ishlanmalar mualliflari 5 ta: “Eng yaxshi loyiha dizayni”, “Eng yaxshi veb-ishlanma”, “Eng yaxshi Android ishlanma”, “Eng yaxshi Windows ishlanma”, “Eng yaxshi dasturiy va apparat-dasturiy ishlanma” nominatsiyalari bo‘yicha tashkilotchilar tomonidan maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar (1-o‘ringa Acer plansheti, 2-o‘ringa Android One smartfoni , 3-o‘ringa Hard Disk) bilan taqdirlandi. Jumladan,

“Eng yaxshi loyiha dizayni” nominatsiyasiga:

1-o‘ringa “Tarixiy va zamonaviy binolarning 3D modeli” (A.Baxromov) loyihasi;

2-o‘ringa “Zaryadlovchi poyabzal” (I.Mirzayev) loyihasi;

3-o‘ringa “Ravon Racing” (E.Sattorov, M.Mirobidov) loyihasi;

“Eng yaxshi veb-ishlanma”

1-o‘ringa “Tashrif.uz” (R.Ramazanov, S.Zokirov) ishlanmasi;

2-o‘ringa “Onlayn test tizimi” (Sh.Qambaraliyev) ishlanmasi;

3-o‘ringa “emp.tuit.uz” (R.Faxrutdinov) ishlanmasi;

“Eng yaxshi Android ishlanma” nominatsiyasiga:

1-o‘ringa “Secure SMS” (J.Odilov) ishlanmasi;

2-o‘ringa “My.tuit.uz” (M.Nuriddinova) ishlanmasi;

3-o‘ringa “learn words” (A.Ibragimov, A.Suyunov) ishlanmasi;

“Eng yaxshi Windows ishlanma” nominatsiyasiga:

1-o‘ringa “3D obekt” (X.Xo‘jamatov) ishlanmasi;

2-o‘ringa “Ur to‘qmoq” (S.Xalilov, N.Baltabayev) ishlanmasi;

3-o‘ringa “English for kids” (J.Xoshimov) ishlanmasi

“Eng yaxshi dasturiy va apparat-dasturiy ishlanma” nominatsiyasiga:

1-o‘ringa “Elektron kalit” (M.Qo‘chqorov) ishlanmasi;

2-o‘ringa “DeNTA (robot)” (M.Yoriqulov) ishlanmasi;

3-o‘ringa “SKUD sistema” (I.Alyabev) ishlanma lari loyiq deb topildi.

Ishtirokchilar tomonidan yaratilgan dasturiy maxsulotlar va texnik ishlanmalarni ta'lim, kichik biznes, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va avtomobilsozlik sohalarida qo‘llash mumkin.

Top