19:30 / 05.05.2016
7659

Britan patrul kateri Gibraltar yaqinida ispan qo‘riqchi kemasini o‘qqa tutgani ma'lum bo‘ldi

Britaniyaning "Seybr" patrul kateri AQShning "Florida" atom suv osti raketa tashuvchisini Gibraltarga yaqinlashishiga xalaqit qilgan "Rio Sedena" ispan qo‘riqchi kemasi tomon signal raketalari bilan ogohlantiruvchi o‘t ochgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda The Sun britan gazetasi xabar bermoqda.  

"Bu ispanlar uchun nafaqat xavfli o‘yin, balki AQSh harbiy-dengiz kuchlariga bunday nafrat bilan qarash NATO bo‘yicha ittifoqdoshga munosib emas", deb Buyuk Britaniyaning dengizorti hududi hisoblanuvchi Gibraltarning yuqori lavozimli amaldori so‘zlarini keltirmoqda gazeta. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ispan kemasi AQSh suv osti kemasining yo‘lini ikki marta to‘sgan va "Seybr" har gal ogohlantiruvchi o‘q uzgan. Bu voqea aprel o‘rtalarida yuz bergan va gazetaning ma'lum qilishicha, Qirollik floti rahbariyatidagi manbalar bu holatni tasdiqlashgan.   

"Florida" suv osti kemasi oxir-oqibat sohilga yaqinlasha olgan va kichik to‘xtashdan keyin shu kuniyoq xalqaro suv hududlariga qaytgan.

"Ogayo" turidagi SSBN-728 "Florida" suv osti kemasi AQSh HDK tarkibiga 1983 yilda kiritilgan. Dastlab suv osti kemasi 24 ta "Traydent-1" raketasi bilan qurollangan bo‘lgan. 2003-2006 yillarda "Florida" "Tomagavk" (22 otuvchi qurilma va 154 raketa) qanotli raketalari tashib yuruvchi kemaga qayta jihozlangan va SSGN-728 belgisini olgan. 2011 yilda xalqaro kuchlar koalitsiyasining Liviyadagi harbiy operatsiyasi davomida kemadan 90 dan ko‘proq "Tomagavk" raketasi otilgan.

Mavzuga oid
Top