17:21 / 05.05.2016
14594

Chanel № 5 atiri 95 yoshga to‘ldi

1921 yilning 5 mayida parfyumeriya tarixidagi eng mashhur ifor taqdim etilgan. 95 yildan buyon Chanel № 5 savdosi kompaniyaga yarim milliard dollardan ortiq daromad keltirdi. 

Afsonalarga ko‘ra, bu atirni gul bo‘ylaridan zerikkan va haqiqiy ayollik hidini yaratishni orzu qilgan Koko Shanel parfyumer Ernest Bo bilan birga yaratgan. Rossiyalik muhojir bilan Shanel Kann sohilida tanishib qolgan. 

Reklama kampaniyasi boshida Kokoning o‘zi model sifatida ishtirok etgan. Keyinroq Chanel № 5 atirini namoyish etgan birinchi mashhur inson fransiyalik aktrisa Katrin Denev bo‘lgan.

Brend yuzi sifatida, shuningdek, Karol Buke, Nikol Kidman, Estella Uorren, Odri Totu, Mishel Byudxen, Vanessa Paradi ham qatnashgan. 

Merilin Monro tunda qanday libos kiyishi to‘g‘risidagi savolga “Chanel № 5 dan bir necha tomchi” deb javob bergandan keyin atir o‘ta ommalashib ketgan.

 

Top