20:48 / 05.05.2016
3339

«Feyyenoord» futbolchisi Kubok finalidagi g‘oliblik sharafiga chizdirgan tatuirovkasida jamoa nomini xato yozdirdi

«Feyyenoord» jamoasining Niderlandiya Kubogi finalida erishgan g‘olibligi sharafiga jamoa yarim himoyachisi Elyyero Elia oyog‘iga tatuirovka chizdirdi. Lekin bu tatuirovka 2ta xato bilan chizilgan. Bu tatuirovka surati Instagram sahifasiga joylashtirilgan.

Unda Feyenoord so‘zi o‘rniga Fenenoond so‘zi yozilgan. Shuningdek, 29 yoshli futbolchi final o‘tkazilgan kunni adashtirib yuborib, "kelajakka ketib qolgan". Ya'ni tatuirovkad 24 aprel kuni kechgan bahs 24 may kuni o‘tkazilgani yozilgan.

«Feyyenoord» finalda «Utrext»ni 2:1 hisobida yengdi va o‘z tarixida 12 marta bu sovringa erishdi.

Elyyero Elia Rotterdam jamoasiga 2015 yilning avgustida kelib qo‘shilgan, uning jamoa bilan shartnomasi 2 yilga tuzilgan. 2015/16 yilgi mavsumda futbolchi «Feyyenoord» uchun 23ta o‘yin o‘tkazdi va 5ta gol urdi. Elia 2009 yildan buyon Niderlandiya terma jamoasiga chaqirib kelinadi va termada 28ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Top