15:49 / 05.05.2016
3242

GoPro raketaga kameralarini joylashtirdi

GoPro Nyu-Meksiko shtati kosmodromidan uchrilgan SpaceLoft-10 raketasiga o‘rnatilgan videokameralarning tasvirlarini namoyish etdi.  Raketa NASA loyihalarini to‘rtinchi marta ijro etayotgan Koloradoning UP Aerospace xususiy kosmik kompaniyasiga tegishlidir. 

Videoda 6 metrli raketa taxminan 120 km. balandlikka uchganini ko‘rish mumkin. Uning parvozidan bir daqiqalar o‘tgach, Maraia kapsulasi raketa tashuvchidan ajralgan. Aslida parvozdan maqsad ham ayni kapsulaning sinovi va yana 4ta alohida tajriba o‘tkazish bo‘lgan. 

Raketaning o‘z o‘qi atrofida aylanishi barqaror parvozini ta'minlashi bilan izohlanadi. 3 daqiqalardan so‘ng, Maraia yer atmosferasiga kirib, poligonga muvaffaqiyatli qo‘ngan. 

Lavhaga qoldirilgan izohga ko‘ra, bularning bari GoProda suratga olingan.

Ushbu videolavhalarning qisqartirilgan shakli NASA saytida 2015 yil noyabr oyidayoq e'lon qilingan edi. Ammo o‘shanda ular GoPro kameralari yordamida suratga olinganini hech kim ma'lum qilmagandi.

 

 

Top