10:37 / 05.05.2016
3092

Xitoy 2016 yilda aviatsiya infratuzilmalari rivoji uchun12 mlrd dollar sarflaydi

XXR hukumati joriy yilda mamlakat aeroportlari va turli aviatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadiga 77 mlrd yuan (11,9 mlrd dollar) kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xitoy fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi ma'lum qildi. 

Sinxua agentligining xabar qilishicha, boshqarma rahbariyati 11ta yangi yirik qurilish loyihasi va mavjud infratuzilmalarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha 52ta dasturni moliyalashtirish niyatida. 

"Fuqaro aviatsiyasi sohasi, ayniqsa aviasozlik hamda shu sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlari sanoat modernizatsiyasining o‘chog‘iga aylandi. Xitoy jamoatchiligining diqqati shunga qaratilgan", deb bayonot bergan Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi rahbari Fen Chjenlin.

Boshqarma vakillari XXRda 2020 yilgacha 66ta yangi fuqaro aeroportlari qurib foydalanishga topshirilishi haqida ma'lum qilgan edi. Ular orasida Pekinning Dasin uyezdida barpo etiladigan uchinchi aeroporti Xitoy havo transporti tarixidagi eng yirigi bo‘lishi xabar qilingan.

Top