14:39 / 05.05.2016
25428

Xitoyda 31ta barmoqli chaqaloq tug‘ildi

Xitoyning Xunan provinsiyasida qo‘lida 15ta, oyoqlarida 16ta barmog‘i bor bola dunyoga keldi. Yana chaqaloqning har bir qo‘lida ikkitadan kafti bor va ularning bosh barmoqlari yo‘q. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda. 

Chaqaloqning ota-onasi jarrohlik amaliyoti uchun zarur bo‘lgan 30 ming dollarni to‘plashga harakat qilmoqda. Internet orqali ular olti ming dollar to‘plashga muvaffaq bo‘lishdi. Shifokorlar bunday katta miqdorda pul talab qilganlariga sabab, ular chaqaloqda bosh barmoqlar hosil qilishlari kerak.

G‘aroyib chaqaloqning onasida ham polidaktiktiya alomatlari bor: uning qo‘l-oyoq barmoqlari oltitadan. 

Polidaktiliya (ko‘pbarmoqlilik) – har besh mingta chaqaloqdan bittasida uchraydigan anatomik o‘zgarish. Odatda ortiqcha barmoq bolalikdayoq olib tashlanadi. 

Opra Uinfri va Holli Berri mashhurlar ham “serbarmoq” bo‘lgan. Rekord esa hindistonlik Akshat Saksenga tegishli – uning umumiy hisobda 34ta (yettitadan qo‘llarida va o‘ntadan oyoqlarida) barmog‘i bor.

Top