11:41 / 05.05.2016
53104

Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 5 kishini tashkil etdi

4 may kuni taxminan soat 14:00 da Qamchiq dovoni («Toshkent-O‘sh» avtoyo‘lining 223-km)da 13,3 ming kub metr hajmda ko‘chki sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, ikkita avtomashina ko‘chki ostida qolib ketgan. Natijada 5 kishi halok bo‘lgan.

O‘z vaqtida bajarilgan tadbirlar natijasida olti kishi qutqarib qolindi.

Jabrlanganlar va qurbon bo‘lganlarning oilalariga barcha zaruriy yordam ko‘rsatilgan.

Top