12:20 / 05.05.2016
4234

Qirg‘izistonda tabiiy gaz tariflari pasaytirildi

Qirg‘iziston Respublikasida dollar kursining arzonlashuvi munosabati bilan may oyida tabiiy gaz tariflari narxi pasaytirildi. Bu haqda “Gazprom Kyrgyzstan” matbuot xizmati ma'lumotiga asoslanib “Kabar” nashi xabar yozdi. 

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2016 yil may oyida tabiiy gaz tarifi respublika aholisi uchun bir kubometrga 15,50 somni tashkil etdi. Sanoat korxonalari, tijorat tuzilmalari va byudjyet tashkilotlari uchun esa QQS bilan birga – bir kubometr uchun 18,87 som deb belgilandi.

Top