10:27 / 05.05.2016
58647

Qirg‘izistonning O‘zbekiston va Qozog‘istondagi elchilari lavozimdan ozod etildi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning farmoyishi bilan mamlakatning qo‘shni O‘zbekiston hamda Qozog‘iston respublikalaridagi elchilari o‘z lavozimlaridan ozod etilgan. Bu haqda Qirg‘iziston respublikasi prezidenti apparati siyosiy axborot bo‘limi xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, Emilbek Uzakbayev Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimidan, Esengul Omuraliyev esa Qirg‘izistonning Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimidan ozod etilgan.

Top