12:14 / 05.05.2016
9687

"Lester" xo‘jayini futbolchilarning har birini Mercedes avtomobili bilan mukofotlaydi

"Lester" jamoasi prezidenti, King Power kompaniyasi egasi bo‘lgan tailandlik biznesmen Vishay Shrivaddanaprabxa jamoa futbolchilarini APL chempionligiga erishganlari uchun Mercedes (Mercedes B-Class Electric Drive) avtomobillari bilan mukofotlaydi. Bundan tashqari, futbolchilarning chempionlikni nishonlash uchun Las-Vegasga safar qilishi uchun xarajatlarni to‘lab beradi. Bu haqda The Daily Mail xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, har bir avtomobilning bahsoi 40 ming yevro atrofida bo‘ladi.

Mavsum yakuniga ko‘ra, jamoa 93 mln funt sterling (136 mln dollar) miqdoridagi mablag‘ga ega bo‘ldi. Shundan 54 mln funt APL tomonidan teletranslyatsiyalar uchun ajratilgan. 14 mln funt esa Sky va BT Sport telekompaniyalari tomonidan 16 o‘yinning translyatsiyasi huquqi uchun to‘langan, shuningdek 25 mln funt chempionlik bonusi sifatida berilgan.

Qayd etish kerakki, Shrivaddanaprabha  birinchi marta o‘z saxiyligini namoyish qilmayapti. U jamoaning 32-turda "Sauthempton"ga qarshi uy uchrashuvini kuzatish uchun tushgan "Lester" muxlislarining har biriga o‘z tug‘ilgan kuni munosabati bilan bir butilkadan pivo yoki suv hamda shirinliklar tarqattirgandi.

Hisoblanishicha, futbolchilarga avtomobillar sovg‘a qilish (1 mln funt atrofida), turli pul mukofotlari hamda Las-Vegas sayohati uchun jami 6,5 mln funt sarflanadi.

Mavzuga oid
Top