22:00 / 05.05.2016
3878

Lui van Gaal: «Norvich»dan «Old Trafford»dagi mag‘lubiyat uchun qasos olishimiz kerak

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal APLning 37-turida «Norvich»ga qarshi uchrashuv oldidan fikrlarini bildirdi.

«APLda hamisha ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib boradigan jamoaga qarshi o‘ynash juda qiyin kechgan. Ular bizni birinchi davrada «Old Trafford»da kechgan uchrashuvda mag‘lub etishgandi, buning uchun biz qasos olishimiz kerak. Oldinda qiyin o‘yin turibdi, lekin biz albatta g‘alaba qozonishimiz kerak.

Biz YeChL yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiramiz. Ha, «Manchester Siti» kecha uchib ketgan, lekin vaziyat o‘zgarmagan», – deydi van Gaal.

Mavzuga oid
Top