12:16 / 05.05.2016
2832

Obama o‘z misolida Michigandagi filtrlangan suvni ichish mumkinligini ko‘rsatdi

Michigan shtati Flint shahrida filtrlangan suvni ichish mumkin, lekin eski quvurlarni almashtirish uchun yillar kerak bo‘ladi. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama uzoq vaqtdan buyon sifatli ichimlik suvi tanqisligidan aziyat chekayotgan aholi punktiga tashrif buyurgan paytida ma'lum qildi, deb xabar beradi TASS. 

Obama Flint shahrida yashaydigan barcha bolalarni qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga chaqirdi. 

Shu o‘rinda prezident Flint shahridagi filtrlangan suv xavfsiz ekaniga ishontirmoqchi bo‘ldi. U oldida turgan filtrlangan suvdan ho‘pladi va olti yoshdan kichik va homilador ayollarga, yaxshisi, bu suvdan iste'mol qilmaslikni tavsiya qildi.  

Flint shahrida asosan qora tanlilar bo‘lgan 100 ming kishi atrofidagi aholi istiqomat qiladi. Suv ta'minoti bilan bog‘liq keskin vaziyat 2014 yilda yuzaga kelgan. O‘sha yili Guron ko‘lidan Flintgacha vodokanal qurishga qaror qilingan. Qurilish paytida iqtisodiy tejamkorlik maqsadida shaharni Detroyt suv ta'minoti tizimidan uzib qo‘yildi va Flint-River daryosidan ta'minlashga o‘tkazildi. 

Shundan so‘ng aholi suv ta'mi va hididan arz qila boshladi. Hammasidan ham aholini bolalar organizmida qo‘rg‘oshin miqdorining oshib ketishi xavotirga sola boshladi. Ota-onalar bu holatni suvning sifati bilan bog‘lashdi. Norozilik va shikoyatlar bosimi ostida o‘tgan yilning oktabr oyida shahar hokimiyati suv ta'minotini yana Detroytga uladi. 

Oxirgi paytlarda shtatda “legioner xastaligi” urchib ketgan. So‘nggi 17 oy davomida ushbu kasallikka chalingan 91 kishi ro‘yxatga olingan, shundan 12ta holat o‘lim bilan yakunlangan. Ushbu holatlarni ham Flint ko‘li suvi bilan bog‘liq degan taxminlar bor.

Mart oyidan boshlab suv quvurlari to‘liq almashtirish, maxsus filtlar va tozalovchi moslamar o‘rnatish ishlari boshlangan. Loyihaga 55 million dollar ajratilgan.

Top