13:45 / 05.05.2016
3121

Ozarbayjon choyxonasida granata portlashi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

Ozarbayjonning Ganja shahridagi choyxonada granata portlashi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi va yana uch kishi jarohat oldi. Bu haqida APA axborot agentligi ma'lum qildi. 

Baxtsiz hodisa 5 mayga o‘tar kechasi Abbas Saxxat mavzesi Elbrus Allaxverdiyev ko‘chasida joylashgan choyxonada sodir bo‘ldi. Choyxona mijozlaridan biri hozircha noma'lum bo‘lgan sabablarga ko‘ra qo‘lbola granatani portlatib yuborgan.
Hozirga qadar ma'lum bo‘lishicha, F-1 tipidagi qo‘lbola granata Magerram Ahmedov tomonidan portlatib yuborilgan. Buning natijasida uning o‘zi hamda uning jiyani Taleh Ahmedov halok bo‘lishgan. Ahmedovning o‘g‘li Narimon, uning jiyani Orxan Mirzoyev va Sadig‘ Ahmedov jarohat olib, shifoxonaga yetkazildi. 

Ganja - maydoni va aholisi soniga ko‘ra Ozarbayjonning ikkinchi yirik shahri. U Bakudan 361 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Top