20:19 / 05.05.2016
11509

Peterburgda motoparaplan oftobda toblanayotgan pensioner ayolni yer bo‘ylab sudrab ketdi

Sestroretsk shahrida (Sankt-Peterburgning kurort hududlaridan biri) motoparaplan qo‘nish oldidan mahalliy aholi bo‘lgan oftobda toblanayotgan 82 yoshli pensioner ayolni shikastlab jarohat yetkazdi. Bu haqda Fontanka.ru sayti xabar berdi

Bu noxush hodisa 3 may kuni bo‘lib o‘tgan. Voqeaning guvohi o‘zining “VKontakte” saytidagi sahifasida ma'lum qilishicha, o‘sha kuni motoparaplanda hamma xohlovchilar uchishgan. Kunning ikkinchi yarmida esa bir odam qo‘nish oldidan parashyut arqoniga oftobda turgan pensioner ayolni ilib olib bir necha metrga sudrab ketgan. Hodisa bayonchisining so‘zlariga ko‘ra, jabrlanuvchi erkakni qattiq urgan, ammo u e'tibor bermay aslahalarini yig‘ishtira boshlagan. 

“Fontanka.ru” saytining voqeaga aniqlik kiritishicha, ayolning o‘rta darajadagi jarohat bilan gospitalga keltirilgan va keyinroq davolash maskaniga yuborilgan. Shuningdek, ayolga boshdan lat yeyish tashxisi qo‘yilgan.

Top