09:57 / 05.05.2016
4406

Serbiya Kosovoning UYeFAga qabul qilinganiga norozilik bildirishda davom etmoqda

Serbiya bosh vaziri Aleksandr Vuchichi UYeFA Kosovoni o‘z safiga qabul qilib o‘z nizomiga zid ish qilgan deb hisoblamoqda va uning aytishicha, mamlakat bu borada rasmiy shikoyat bilan chiqadi.

"Ular UYeFA nizomini buzishdi, chunki bu tashkilotga faqat BMT tan olgan suveren mamlakatlar a'zo bo‘lishi mumkinligi aniq yozib qo‘yilgan. Serbiya haqiqat qaror topishi uchun barcha choralarni qo‘llaydi. Ko‘ramiz, xalqaro arbitraj sudi qanday qaror qabul qilarkan", - deydi Vuchich.

"Agar ularga to‘p ortidan quvib yurish yoqsa va bu ularga katta xursandchilik keltirsa mayli xursandchilik qilishsin. Lekin biz ularning UYeFAga a'zo bo‘lishiga qarshi kurashamiz. Chunki bu sport qoidalari asosida hal qilinmadi. Chunki ular bu masala bo‘yicha maslahatlashishmadi va barchasini siyosiy yo‘l bilan hal qilishdi", deya vazirning so‘zlarini keltiradi mondo nashri.

3 may kuni UYeFA kongressida Kosovo futbol federatsiyasi tashkilot a'zoligiga qabul qilgan edi.

Kosovo uchun tashkilotning 28 a'zosi ovoz bergan, 24 a'zosi qarshi ovoz bergan.

Kosovoning FIFAdagi ishtiroki masalasi tashkilotning 12–13 may kunlari Mexikoda bo‘lib o‘tadigan kongressida ko‘rib chiqiladi.

Kosovo terma jamoasi yozda Germaniya poytaxtida Farer orollari terma jamoasiga qarshi ilk rasmiy o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishiga kelishib olingan.

Qisman tan olingan Kosovo respublikasi BMT a'zosi hisoblanmaydi. Mamalakt mustaqilligini 64 davlat tan olgan.

Endi Kosovo federatsiyasi FIFA tarkibiga qo‘shilib, 2018 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida ishtirok etishi mumkin.

Bundan oldinroq, Serbiya futbol ittifoqi UYeFAning Kosovo futbol federatsiyasini o‘z tarkibiga qo‘shish qarori ustidan Sport hakamlik sudiga (CAS) arz qilishi xabar qilingandi. 

Mavzuga oid
Top