17:24 / 05.05.2016
4651

O‘zbekistonda beg‘araz yordam olayotganlar bank komissiyasini to‘lashdan ozod etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 apreldagi qaroriga ko‘ra, endilikda O‘zbekistonda beg‘araz yordam olayotganlar bank komissiyasini to‘lamaydilar. 

Beg‘araz ko‘mak olayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish vazifasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki va "Asaka" aksionerlik tijorat banki bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan. 

Mazkur banklar rahbariyati, beg‘araz yordam hisoblariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shoxobchalarini aniqlab olishlari kerak bo‘ladi. 

Ushbu choralar, xorijiy davlatlar, xorijiy hukumatlar, xalqaro va xorijiy hukumat tashkilotlari tomonidan yuborilayotgan beg‘araz yordamlarni hisoblash samarasini oshirish hamda noqonuniy "iflos" moliyaviy mablag‘larning aylanishi imkoniyatlari va yo‘llariga barham berish maqsadida qo‘llanilmoqda, deyiladi hujjatda.

Top