18:17 / 05.05.2016
12268

O‘zbekistonda polipropilen ishlab chiqarilishi boshlandi

2016 yilda ilk 66 ming tonna polipropilen ishlab chiqariladi. 2019 yilda polimer ishlab chiqarish 83 ming tonna loyihaviy qudratga erishadi. Bu haqida Review.uz xabar berdi.

Janubiy Koreya kompaniyalari konsorsiumi ishtirokida qurilgan, Surgil hududida joylashgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasida 3,8 milliard kub tijorat gazi, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen ishlab chiqariladi. 

Xalqaro axborot agentliklari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, polipropilenga bo‘lgan talab har yili 4-6 foizga oshib bormoqda. 2015 yilda dunyo miqyosida 60 million tonnadan ortiq polipropilen ishlab chiqarilgan. 

Bu turdagi mahsulotni ishlab chiqarish shiddatli tempda Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari tomonga siljimoqda. Amalga oshirilayotgan loyihalar asosan Xitoyning ehtiyojini qondirishga qaratilgan. 

Polipropilen iqtisodiyotning barcha ilg‘or jabhalari - elektronika, elektrotexnika, mashina qurilishi, uskuna qurilishi, transport, qurilish sohalariga kirib borgan.

Top