14:59 / 05.05.2016
4554

Jahonda ilk bor AQShda Ferrari elektr sportkari yasaldi

Oddiy avtomobillarni elektrkarlarga aylantirish bilan shug‘ullanadigan Amerikaning Electric GT kompaniyasi jahonda ilk bor Ferrari – 308 GTE sportkarining elektrlashtirilgan rusumini ishlab chiqdi. Mashina mashhur firmaning 1978 yilgi 308 GTS modeli negizida ishlab chiqilgan. Kompaniya uni yoqilg‘i tarqalishi tufayli motor qismi yonib ketgan holda sotib olgan edi. 

Amerikaliklar Ferrari kuzovi va salonini to‘liq tiklab, 2,9-litrli 240 ot kuchiga ega yonib ketgan motor o‘rniga 415 ot kuchli elektr quvvat uskunasini joylashtirgan. Mashina 1990 yillar boshida ishlab chiqarilgan Porsche 911ga o‘rnatilgan besh bosqichli mexanik uzatmalar qutisi yordamida harakatlanadi.

 Electric GT vakillarining so‘zlariga ko‘ra, «mexanik» quti tanlanishiga «Ferrari’ni boshqarishdan huzur-halovat baxsh etish istagi» sabab bo‘lgan. Katta aylanish lahzalarini ko‘tara olgani uchun ham aynan «Porshe» transmissiyasi tanlangan. 

Elektromotorni 30 kilovatt-soatlik batareyalar quvvat bilan ta'minlaydi. U bir marta zaxira to‘plagach 160 km.gacha yura oladi. Keyinchalik mashinalarni 2 marta kuchliroq batareyalar bilan jihozlash rejalashtirilmoqda. Yangi ishlanmaning vazni original Ferrari 308 GTS’dan 300 kg.ga og‘irroq bo‘lib, 1,5 tonnani tashkil etmoqda. 

Elektrokar Kaliforniyaning Monterey shahrida bo‘lib o‘tadigan auksion doirasida Mazda Laguna Seca Raceway avtodromida namoyish etiladi.

 

Top