12:32 / 05.05.2016
4439

Jodi Foster Hollivudning Shon-shuhrat xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi

Hollivudning Shon-shuhrat xiyobonida ikki karra "Oskar" mukofoti sohibasi aktrisa Jodi Foster o‘z yulduziga ega bo‘ldi. Bu haqida The Star Online nashri ma'lum qildi. 

Hisob bo‘yicha bu Shon-shuhrat xiyobonidagi 2580-yulduz. Mazkur xiyobonda san'atning yuksalishiga o‘z hissasini qo‘shgan, kino va musiqa sohasida muvaffaqiyatga erishgan kishilar sharafiga "yulduzlar" taqdim etiladi. 

Foster o‘zining 1991 yilda ishlangan "Qo‘zilar sukunati" filmidagi roli bilan mashhur. 

Bundan avvalroq Los-Anjyelesdagi Shon-shuhrat xiyobonida bastakor Ennio Morrikone sharafiga yulduz ochilgandi.

Top